AVTOVIZITKA

Avtovizitka — bu mashina paneliga qo‘yiladigan telefon raqam ko‘rsatkich bo‘lib, vaqtinchalik to‘xtash yoki parkovka paytida juda foydali aksessuar hisoblanadi. Ushbu avto vizitka orqali haydovchi o‘z telefon raqamini ko‘rsatib qoldiradi, kerak bo‘lsa boshqalar tez bog‘lana oladi.

Mahsulot panel ustiga oson joylashtiriladi va oynadan aniq ko‘rinadi. Raqamlar maxsus joyiga qo‘yiladi va kerak bo‘lsa o‘zgartirish ham juda qulay.

Avtovizitka ayniqsa gavjum joylarda, yopiq parkovkalarda yoki vaqtinchalik mashinani noto‘g‘ri joyda qoldirib ketganda juda qo‘l keladi. Bu orqali boshqa haydovchilar siz bilan tez bog‘lanib, ortiqcha muammolarning oldi olinadi.
Ixcham va qulay dizayni sababli salon ko‘rinishiga halaqit bermaydi. Kundalik foydalanish uchun juda foydali va amaliy avtomobil aksessuari hisoblanadi.

