• Professional vosita
• Maxsus ishlab chiqilgan noyob formula
• Barqaror faol ko‘pik
• Turli xil, hatto qiyin ketuvchi ifloslanishlarni tozalash
Oila Tanlovi kontaktsiz yuvish uchun avtoshampuni - bu avtomobil kuzovini muntazam parvarish qilish va iflosliklarni samarali tozalash vositasi bo‘lib, u kuzovning tabiiy ko‘rinishi va qoplamaning uzoq muddat davomida chidamliligini ta’minlaydi. Maxsus ishlab chiqilgan formula tufayli ushbu vosita lak-bo‘yoq qoplamasiga zarar yetkazmasdan va avtomobilning himoya qatlamlarini buzmasdan hatto eng kuchli ifloslanishlarni ham tezda bartaraf etadi. Konsentrlangan formula mo‘l ko‘pik hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Qalin ko‘pik kuzov yuzasida o‘rnashib, iflosliklarni samarali o‘rab oladi, ularni eritadi va osonlik bilan yuvilishga tayyorlaydi.
Konsentrlangan vositani ifloslanish darajasiga qarab 1:20 - 1:50 nisbatda eriting. Ko‘pikni ko‘pik to‘plami yoki ko‘pik generatori yordamida nam kuzovga bir tekis qatlamda seping. 1-2 daqiqa kutgach, suv oqimi bilan yuvib tashlang.
Diqqat: Qizib turgan yuzaga ko'pikni surtmang va ko'pikni kuzov qoplamasi ustida qurib qolishiga yo'l qo'ymang.
Oila tanlovi - mehr va g'amxo'rlik bilan qilingan tanlov!

