Avtomobil kundalik hayotimizda bizning eng yaqin yordamchimizdir. Uning yordamiga suyanar ekanmiz, uni yaqindan bilishimiz, har bir qismini, qanday ishlashini yaxshiroq bilishimiz kerak bo‘ladi. Ushbu kitob yordamida insoniyatning texnologiya davriga qay yo‘sinda o‘tishi, ilk avtomobillarning ishlab chiqarilishi, avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning monopollashishi va raqobatlashishi, mashinalarning yangidan yangi namunalari dunyo bozorlarini qay tarzda egallashi kabi jarayonlarni bilib olishingiz mumkin. Har bir mavzu ostida avtomobillar xususiyatini ochib beruvchi ma’lum turdagi ma’lumotlar keltiriladi. Masalan, «Otsiz ekipajlar qanday vujudga kelgan?» mavzusi ostida mashinalarning ilk ajdodi ekipajlarning avtomobil holatiga qay tarzda o‘tganligi, uning ixtirochilari kimligi haqida aytib o‘tiladi. «Meni asra- o‘zingni ehtiyot qil» rukni ostida esa, mashinaga o‘rnatilgan, haydovchi va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlaydigan qo‘shimcha jihozlar haqida batafsil ma’lumot beril

