Yo'lda kutilmaganda akkumulyator o'tirib qolishi yoki shina dami chiqib ketishi endi muammo emas! GL-965A ko'p funksiyali Jump Starter va kompressor — bu har bir avtomobil yukxonasida bo'lishi shart bo'lgan 4 tasi 1 da universal qurilma.
Asosiy afzalliklari (4 tasi 1 da):
- Kuchli Jump Starter (Buster): 1000A dan 1500A gacha bo'lgan yuqori ishga tushirish toki 12V akkumulyatorli yengil avtomobillarni qishning sovuq kunlarida ham soniyalar ichida o't oldirishga yordam beradi.
- Aqlli Avtokompressor: Maksimal 150 PSI bosim va 23 l/daq unumdorlik bilan avtomobil, mototsikl, velosiped shinalari hamda koptoklarni tezda damlaydi. Kerakli bosimni (Bar, PSI, Kpa, Kg/cm²) tanlang — qurilma belgilangan me'yorga yetganda avtomatik ravishda to'xtaydi.
- Power Bank funksiyasi: USB chiqish porti (5V/2A) orqali safarda smartfon, planshet va boshqa qurilmalaringizni quvvatlab olishingiz mumkin.
- LED Fonar: Tungi vaqtda g'ildirak almashtirish, kapot ostini ko'rish yoki favqulodda holatlarda foydalanish uchun o'rnatilgan yorqin chiroq.
Texnik xususiyatlari:
- Model: GL-965A
- Qurilma turi: 4 tasi 1 da (Jump Starter + Kompressor + Power Bank + Fonar)
- Ishga tushirish toki (Starting Current): 1000A – 1500A
- Maksimal bosim: 150 PSI (10.3 Bar)
- Havo haydash tezligi: ≥ 23 L/min
- Displey: Raqamli LED ekran (4 xil rejim: avtomobil, mototsikl, velosiped, koptok)
- Kirish porti (Quvvatlash): Type-C (5V/2A)
- Chiqish porti (USB Output): 5V/2A
- Qo'llanilishi: 12V tizimli avtomobillar, mototexnika, velosipedlar, rezina qayiq va sport anjomlari.
Muhim eslatma: Avtomobilni o't oldirishdan (Jump Starter funksiyasidan) oldin qurilmani to'liq quvvatlab oling (kamida 75% dan yuqori bo'lishi tavsiya etiladi)