📱 BC104 qurilmasini qanday ulash mumkin
1. iPhone'ingizda Bluetooth'ni yoqing:
Sozlamalar (Settings) → Bluetooth → Yoqish.
2. "Find My" ilovasini oching 🔵.
3. Pastki qismdagi "Items" (Buyumlar) bo‘limini tanlang.
4. Yuqori o‘ng burchakdagi "+" belgisini bosing.
5. "Add Other Item" (Boshqa buyum qo‘shish) bandini tanlang.
6. BC101'ni iPhone yoniga qo‘ying va undagi tugmani bir marta bosing — qurilma ovoz chiqarishi kerak.
7. iPhone qurilmani aniqlagach, ro‘yxatdan BC104'ni tanlang.
8. Nom tanlang, masalan: "Car" (Mashina) 🚗, "Keys" (Kalitlar) 🔑 yoki "Backpack" (Ryukzak) 🎒.
9. "Continue" (Davom etish) tugmasini bosing va uni Apple akkauntingizga ro‘yxatdan o‘tkazing.
Shundan so‘ng u "Find My → Items" bo‘limida paydo bo‘ladi; bu orqali siz uning oxirgi aniqlangan joylashuvini ko‘rishingiz va ovozli signal berishingiz mumkin bo‘ladi.
Muhim: Buning uchun alohida Borofone ilovasi talab qilinmaydi. BC101 SIM-karta orqali emas, balki Apple "Find My" tarmog‘i orqali ishlaydi.
BOROFONE BC104 — buyumlaringizni topish va himoya qilish uchun aqlli kuzatuv qurilmasi
BOROFONE BC104 — iPhone foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan ixcham va ishonchli kuzatuv qurilmasi bo‘lib, u Apple Find My ilovasi yordamida yo‘qolgan buyumlarni tezda topishga yordam beradi. Uning zamonaviy dizayni, yengil tuzilishi va qulay mahkamlash mexanizmi uni kundalik hayotda ajoyib hamrohga aylantiradi.
BOROFONE BC104 yordamida kalitlar, sumkalar, ryukzaklar, yuklar, chamadonlar yoki hamyonlarni kuzatib borishingiz mumkin. Shuningdek, ushbu qurilma avtomobillar, velosipedlar va uy hayvonlarini kuzatish uchun ham mos keladi.
BOROFONE BC101 ning afzalliklari:
• Apple Find My funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi (iPhone va iPad uchun)
• Yo‘qolgan buyumlarni tezda topish imkoniyati
• Yilcham va yengil dizayn
• Yaqin atrofdagi buyumlarni topish uchun ovozli signal
• Batareyaning uzoq vaqt xizmat qilishi
• Zamonaviy va ko‘rkam dizayn
• Kalitlar, sumkalar yoki ryukzaklarga qulay tarzda biriktirish imkoniyati
BOROFONE BC104 — bu o‘z buyumlari xavfsizligini qadrlaydigan hamda kalitlari, sumkasi, yuki, velosipedi yoki boshqa muhim buyumlarining qayerdaligini doimo bilib turishni istaydiganlar uchun amaliy kuzatuv qurilmasi (treker).