Hoco Z57A avtomobil zaryadlash qurilmasi smartfon, planshet va boshqa elektron gadjetlarni yo'lda xavfsiz va samarali quvvatlantirish uchun mo'ljallangan. Maksimal 30W quvvat va PD hamda QC3.0 tezkor zaryadlash standartlari evaziga qurilmalaringizni qisqa fursatda quvvatlaydi. Intelligent Balance aqlli texnologiyasi ulangan moslamalarga mos tok kuchini avtomatik va xavfsiz taqsimlaydi. Mustahkam alyuminiy qotishmali korpusi issiqlikni yaxshi tarqatadi, yorqin port indikatori esa tunda foydalanishni qulaylashtiradi. Jamlanmaga 1 metrli sifatli Type-C to Type-C kabeli kiradi va u 12V–24V kuchlanishli barcha avtomobillarga mos keladi.





