Mahsulot barcha yengil avtomobillar, krossoverlar va kichik yuk tashuvchi avtomobillarga mos keladi.
Universal avtomobil tenti avtomobil salonini quyosh, qor, yomg'ir, chang va tashqi ta’sirlardan himoya qilish uchun ishlab chiqilgan. Qalin va mustahkam quyosh qaytaruvchi materialdan tayyorlangan bo‘lib, yozda salon qizib ketishini kamaytiradi, qishda esa oynalarni tashqi ta’sirdan himoya qilishga yordam beradi. Suv o'tkazmaydi.
Tent old oyna, old yon oynalar va yon bakavoy qismini yopib turadigan qulay konstruktsiyaga ega. Maxsus ilmoqlari yordamida avtomobilning 4 ta balloniga ilinadi va bir necha soniyada o‘rnatiladi.
Mahsulot universal 230x150 sm o‘lchamda ishlab chiqarilgan bo‘lib, barcha yengil avtomobillar, krossoverlar va kichik yuk tashuvchi avtomobillarga mos keladi. Kundalik foydalanish, uzoq safarlar va ochiq joyda park qilingan avtomobillar uchun juda qulay.
Afzalliklari
Quyosh nurlarini qaytaradi, Qor va yomg'rdan saqlaydi
Salon qizishini kamaytiradi
Qalin va mustahkam material
4 faslda foydalanish mumkin
Old va yon oynalarni yopadi
Bir necha soniyada o‘rnatiladi
Universal o‘lcham — 230x150 sm
Yengil avtomobil va kichik yuk mashinalari uchun mos
Ixcham yig‘iladi va kam joy egallaydi
Kundalik foydalanish uchun qulay
Texnik xususiyatlari
Mahsulot turi: avtomobil uchun himoya tenti
Material: qalin quyosh qaytaruvchi mato
O‘lchami: 230x150 sm
Rang: kumushrang
O‘rnatish turi: ilmoqli
Mahkamlash usuli: 4 ta ballonga ilinadi
Mosligi: universal
Qo‘llanish mavsumi: 4 fasl
Foydalanish bo‘yicha qo‘llanma
Tentni avtomobil ustiga yoying.
Maxsus ilmoqlarni avtomobilning 4 ta balloniga mahkamlang.
Tent old va yon oynalarni to‘liq yopganini tekshiring.
Foydalanib bo‘lgach, mahsulotni yig‘ib quruq joyda saqlang.
Mahsulotni uzoq muddat foydalanish uchun toza holda saqlash tavsiya etiladi.
Qadoq tarkibi
1 dona universal avtomobil tenti
Mahkamlash ilmoqlari mavjud


