Bu zamonaviy avtomobil ushlagichi sizning smartfoningizni yo‘l davomida ishonchli, xavfsiz va qulay joyda ushlab turadi. Magsafe magnit texnologiyasi, vakuumli prisoska va 360° aylanuvchi mexanizm kombinatsiyasi uni boshqa ushlagichlardan ajratib turadi.
Ushlagichni istalgan joyga osongina o‘rnatishingiz mumkin — avtomobil oynasiga, panelga yoki boshqa silliq yuzalarga. Kuchli magnitlar telefonni mahkam ushlab turadi, hatto yo‘l yomon bo‘lsa ham. 360° aylanish burchagi sizga telefon ekranini qulay holatga moslashtirish imkonini beradi — nafaqat vertikal, balki gorizontal ko‘rinishda ham.
Magsafe bilan mos telefonlar uchun ideal tanlov. Vakuumli prizoska esa oson joylashtiriladi va qoldiq iz qoldirmaydi.

