Har bir avtomobil egasi hayotida kamida bir marta mashinasini qisqa muddatga noqulay joyga yoki boshqa transport vositasini to‘sib qo‘yishga majbur bo‘lgan vaziyatga duch keladi. Bunday holatlarda boshqa xaydovchilar bilan tushunmovchiliklar yuzaga kelmasligi va asabiylashishlarning oldini olish uchun ONGTUR avto vizitkasi sizning eng yaqin yordamchingizga aylanadi.
Ushbu zamonaviy va ixcham aksessuar avtomobilingiz old oynasiga o‘rnatilib, siz yo‘qligingizda boshqalar siz bilan bir zumda bog‘lanishiga imkon beradi.
Vizitka jamlanmasida istalgan telefon raqamini to‘liq terish uchun 5 ta alohida raqamlar to‘plami mavjud. Raqamlar yorqin va aniq shriftda yozilgan bo‘lib, hatto tunda yoki qorong‘i ob-havoda ham uzoqdan yaqqol ko‘rinib turadi. Agar raqamingiz o‘zgarsa, paneldagi raqamlarni osongina yangisiga almashtirishingiz mumkin.
Ba’zida telefon raqamingiz hammaga ko‘rinib turishini xohlamasligingiz mumkin. ONGTUR avto vizitkasining konstruksiyasi shunday oylanganki, siz birgina harakat bilan panelni burib, raqamlaringizni begona ko‘zlardan butkul yopib qo‘yishingiz mumkin. Kerak bo‘lganda esa xuddi shunday oson qayta ochiladi.
Ko‘pgina avto vizitkalar torpedaga skotch yordamida yopishtiriladi va quyoshda erib, plastikda yomon izlar qoldiradi. Ushbu model esa kuchli so‘rgichlar (prisoska) yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri old oynaning istalgan burchagiga mahkamlanadi. Oynada hech qanday yopishqoq iz qoldirmaydi, uni xohlagan paytda ko‘chirib, boshqa joyga qayta o‘rnatish juda oson.
Avtomobil ichi yozgi issiq kunlarda juda qattiq qizib ketadi. ONGTUR avto vizitkasi yuqori haroratga bardoshli, deformatsiyaga uchramaydigan va quyosh nurlarida rangi o‘chib ketmaydigan maxsus sifatli materiallardan tayyorlangan. Uzoq yillar davomida o‘zining zamonaviy va premium ko‘rinishini saqlab qoladi.
✨ ONGTUR avto vizitkasi — bu shahar sharoitida madaniyatli haydovchilik belgisi. O‘zingiz va yaqin hisoblangan drayverlar uchun ajoyib hamda foydali sovg‘a!

