• Eslatma: O‘rnatishni mutaxassis orqali amalga oshirish tavsiya etiladi.
MCAR Malibu avtomobil signalizatsiyasi zamonaviy va qulay pult dizayniga ega. To‘plamda 2 dona pult, signalizatsiya sirenasi, boshqaruv bloki va ulanish simlari mavjud — qo‘shimcha narsa xarid qilish shart emas.
Avtomobilga tegilish yoki urilish holatida signalizatsiya ishga tushadi va pultga xabar yuboradi. Eshiklar ochiq qolsa, avtomobil quflanmaydi hamda ogohlantirish beradi.
Uzoq masofadan boshqarish imkoniyati mavjud. Pultdagi tugma belgilari uzoq muddat saqlanadi, o‘chib ketmaydi. Batareykasi bilan tayyor holatda yetkaziladi.
Asosiy funksiyalari: eshiklarni ochish va yopish, yukxonani ochish, pult orqali ovozli signal berish. O‘rnatilgan avtomobillarga qo‘shimcha pult sifatida mos keladi.

