Tovarni olishdan oldin tavsifini diqqat bilan o‘qib chiqing.
UNIVERSAL YARIMTALI AVTOTENT
(Avtomobilingizni to‘liq yopmaydi, faqat tom qismi va oynalarni yopadi)
Rasmda qanday ko‘rgan bo‘lsangiz, aynan shunday bo‘ladi.
Ushbu tent universal bo‘lib, barcha turdagi avtomobillarga (sedan va jip) mos keladi.
Bu mahsulot avtotent bo‘lib, avtomobilning faqat yarim qismini yopadi, qolgan qismi ochiq holda qoladi.
Tent avtomobilning tom qismi va oynalarini yopib turadi. Shamolda uchib ketmasligi uchun maxsus ilgichlari mavjud, ya’ni rezinali arqon bilan jihozlangan.
Ilgichlari yordamida tentni avtomobilning pastki qismiga yoki g‘ildirak disklariga mahkamlab qo‘yish mumkin.
Ushbu yarim avtotent quyoshdan himoya qiladi — avtomobil salonining qizib ketishini oldini oladi va ichki qoplamalarning quyosh ta’sirida oqarib ketmasligiga yordam beradi.
Ichki qismi yumshoq matodan tayyorlangan bo‘lib, avtomobilingizni tirnamaydi.
Eng katta afzalligi — boshqa avtotentlarga qaraganda yengil va foydalanishda juda qulay. Ochib-yopish oson.
Har kuni foydalanish uchun juda mos.

