O'zbekiston raqamlar formatiga mos, oynaga oson o'rnatiladigan ixcham metall avtovizitka!
UZB Temporary Parking Card — bu avtomobilingiz old oynasining ichki qismiga mahkamlanadigan zamonaviy telefon raqami taxtachasidir. Torpedo ustida ortiqcha joy egallashini istamaydigan va oynaga yopishtirishni afzal ko'radigan xaridorlar uchun mukammal tanlov. Korpusidagi milliy "UZB" yozuvi aksessuarga o'zgacha uslub beradi.
Asosiy afzalliklari:
- Qulay oynaga o'rnatish tizimi: Maxsus elastik so'rg'ichlar (присоска) yordamida oynaning ichki qismiga soniyalar ichida o'rnatiladi. Mashina harakatlanganda siljib yoki tushib ketmaydi.
- O'zbekiston raqam formati: Taxtachadagi katakchalar aynan mamlakatimizdagi mobil operatorlar raqamlariga moslab [00] [000] [0000] formatida ishlangan bo'lib, tashqaridan ko'rish va o'qish uchun juda qulay.
- Chidamli metall korpus: Issiq yoz kunlarida oyna ortida to'g'ridan-to'g'ri quyosh nuri tushganda ham qiyshayib qolmaydi, rangini yo'qotmaydi va uzoq yil xizmat qiladi.
- Oson raqam almashtirish: Jamlanma bilan birga keladigan raqamlar paneli yordamida o'z telefon raqamingizni osongina terib olasiz. Zarurat tug'ilganda raqamlarni tezda o'zgartirish imkoniyati bor.