Avtomobil old oynasi uchun nakidka parda — avtomobilingizni atrof-muhitning salbiy ta’siridan himoya qiluvchi ajralmas aksessuar. U quyosh nurlarini samarali qaytarib, salonning qizib ketishi va o‘rindiq qoplamasi rangining oqarib ketishini oldini oladi. Ushbu naкидка yordamida issiq kunlarda rul va o‘rindiqlarning qizib ketishidan xavotir olmaysiz. Kumushrang dizayni nafaqat zamonaviy ko‘rinadi, balki UV nurlaridan qo‘shimcha himoya ham beradi va salon elementlarining xizmat muddatini uzaytiradi. Shuningdek, haroratning keskin o‘zgarishi sabab paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan yoriqlardan old oynani himoya qiladi. Qish faslida esa old oynani qor va muzdan saqlab, oynani va kapotni tozalash uchun ketadigan vaqtingizni tejaydi. Universal o‘lchami sababli barcha turdagi avtomobillarga mos keladi. O‘rnatish juda oson.

