Avtomobil kompressori va changyutgich 2 in 1 — yo'lda va uyda kerak bo'ladigan universal simsiz qurilma. Bitta qurilmada ikki vazifa: shinalarga havo damlash va avtomobil salonini tozalash.
Kompressor rejimi: raqamli displey kerakli bosimni ko'rsatadi, qurilma belgilangan bosimga yetganda o'zi to'xtaydi. Avtomobil, mototsikl, velosiped, samokat shinalari hamda to'plar va puflanadigan buyumlar uchun mos.
Changyutgich rejimi: o'rindiqlar, gilamchalar va tor joylardagi chang, ushoq va mayda axlatni tozalaydi.
Avtonom ishlash vaqti: kompressor rejimida 10 daqiqagacha, changyutgich rejimida 40 daqiqagacha (foydalanish rejimi va sharoitga qarab).
Akkumulyatorli, simsiz — avtomobil prikuruvatelisiz ham ishlatish mumkin. Ixcham o'lchami tufayli bagajda yoki bardachokda ko'p joy egallamaydi.

