• Yumshoq muqova
• Qog'oz rangi: oq
• Stiker bonus
• Sahifalar 569
• Kitobni yo'qotmaslik uchun savatga qoshib qoying📚
• Batafzil o'qing
Agar siz qachonlardir fayllarning nomini o‘zgartirish yoki yuzlab elektron jadval kataklarini yangilashga soatlab vaqt sarflagan bo‘lsangiz, unda odatiy ish nimaligini bilasiz. Kompyuterga sizning o‘rningizga shunday ishni bajarishni topshirsangiz-chi?
"Python yordamida odatiy vazifalarni avtomatlashtirish: boshlovchilar uchun amaliy qo‘llanma" kitobi sizga Python’dan sanoqli daqiqalarda qo‘lda bajariladigan ishlarni bajarishga qodir dasturlarni yozish uchun qanday foydalanishni o‘rgatadi.
Dasturlash asoslarini o‘zlashtirganingizdan so‘ng, siz Python tilida avtomatik rejimda osonlik bilan quyidagi vazifalarni bajaradigan dasturlarni yaratishingiz mumkin bo‘ladi:
- fayldan yoki fayllar to‘plamidan muayyan matnni qidirish;
- fayllar va jildlarni yaratish, yangilash, ko‘chirish va nomini o‘zgartirish;
- Internetdan qidirish va undagi ma’lumotlarni yuklab olish;
- har qanday o‘lchamdagi Excel elektron jadvallarida ma’lumotlarni yangilash va formatlash;
- PDF-hujjatlarni bo‘lish, birlashtirish, suv belgilari bilan belgilash va shifrlash;
- elektron pochta xabarlari yoki matnli bildirishnomalar ko‘rinishidagi eslatmalarni yuborish;
- shakllarni onlayn to‘ldirish.
Bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar sizga u yoki bu dastur qanday ishlashini yaxshiroq tushunishga yordam beradi va har bir bobning oxirida taklif qilingan o‘quv loyihalari sizga avval ko‘rib chiqilgan dasturlarni takomillashtirishda o‘z kuchlaringizni sinab ko‘rish va olingan ko‘nikmalardan o‘xshash vazifalarni avtomatlashtirish uchun foydalanish imkonini beradi.
Qimmatli vaqtingizni sof mexanik ishlarni bajarishga sarflamang.
Hatto butun hayotingiz davomida kodning birorta satrini ham yozmagan bo‘lsangiz ham, siz kompyuterni siz uchun barcha iflos ishlarni bajarishga majbur qilishingiz mumkin. Ushbu kitob ana shu maqsadni ko‘zlaydi.

