Ulug‘bek Qo‘sharning «Avliyo va qaroqchi» asari insonning ichki olamidagi ikki qarama-qarshi kuchning sukutdagi muhorabasini badiiy va ruhiy ta’sir bilan yoritgan noyob asardir. Muallif har bir inson qalbida ikki yo‘l — nur va zulmat, osoyishtalik va nafs istaklari bir vaqtning o‘zida yashashini ramziy tarzda namoyon etadi
Kitobning g‘oyasi shundan iboratki: inson o‘z qalbidagi «avliyo»ni oziq bilan, ya’ni yaxshilik, duo, sabr va poklik bilan tarbiyalasa, nurli insonga aylanadi. Ammo nafsning chaqirig‘iga taslim bo‘lsa, uning ichidagi «qaroqchi» hukmron bo‘ladi. Muallif o‘quvchini o‘zini tinglashga, qalbidagi ikki ovozdan qaysi birini tanlayotganini anglashga chorlaydi

