Samolyot sayohat to‘g‘risidagi tasavvurni batamom o‘zgartirib yubordi. U tom ma’noda harakatchanlikni misli ko‘rilmagan da rajaga ko‘tardi, insonlarga uzoq ajdodlari butun hayoti davomida ko‘ra olmagan yurtlariga atigi bir necha soatlar ichida sayohat qilish imkonini berdi. Tasavvur qilish qiyin, ammo vaqtning har lahzasida havoda deyarli 4 mln nafar inson, boshqacha aytganda, butun bir shahar parvoz qilayotgan bo‘ladi. Bir yil davomida esa „samo meh monlari“ deyarli 4 mlrd yo‘lovchini tashkil qiladi.
Ushbu kitobda biz aviatsiya tarixi, ilk uchuvchilar va kashfiyotchilar, eng a’lo va mashhur namunadagi aviatsiya texnikalari to‘g‘risidagi rangbarang ma’lumotlarni bir butun qilib to‘plashga harakat qildik.

