O‘zini yo‘qotish aslida, o‘zini topa olmaslikdir. Ya’ni qayerda turganingni ko‘ra bilan bilmaslikdir. 🌫️ Hayot ba’zan bir toshqin keladi. 🌊 Oqizib yuboradi hamma narsani. Ba’zi umidlar mana shu toshqinda yo‘qoladi. 😔 Ba’zilari esa shox-shabbalarga ilinib qoladi, uzanasan, tutasan. 🌿 Tutgan sari hayotga bog‘lanasan.
Qalbingda zulmatga darcha ochiladi shu umid bilan birga ichingga nur to‘ladi va hamma narsani shu nur bilan ko‘ra boshlaysan. ✨🌟
Har doim nimadir kam bo‘ladi, har doim yarim qolgan his-tuyg‘ular qurshovida o‘zini yo‘qotadi inson. 💭 Boylik beradi Yaratgan, yoniga bir xastalik qo‘shadi. 💰🤒 Sog‘lik beradi, qashshoqlik zahmatiga yo‘liqtiradi. 💪🤲
Bu yarim dunyoda butun baxtga erishish mumkin emas. 🌍 Har bir jon o‘ziga yarasha muammo bilan kurashadi. ⚖️ Fursatini topgan odam esa qachondir baxtga erishadi. 😊
Ehtimol, eng muhimi, hayotni og‘riqlar ichida ham yashay bilishdir. ❤️🩹 Asosiysi, dardga qaramay kula olish 😄, yurak sanchiqlariga qaramay tabassum qilish... 🌈

