Tovar tavsifi:
Qo'lingizdagi ushbu kitob, ya'ni "Avazxon" dostoni turkiy xalqlarning xalq og'zaki ijodiga mansub bo'lib, ming yillar davomida xalqimiz baxshilari tomonidan kuylanib, xalqimiz tomonidan sevib tinglangan. Ushbu kitobga "Go'ro'g'li" dostonlari turkumiga doir "Avazxon", "Gulqizoy", "Govdaroz dev", "Besh podshoning Chambilga yov bo'lib kelishi", "Sarvinoz", "Zulfizar", "Ahmad sardorning o'limga buyurilishi" va "Avaz o'g'lonning Rumga qochishi" dostonlari kiritilgan.
Bu dostonlarda turkiy xalqlarning azal-azaldan imon-e'tiqodni, or-nomusni, do'stlik va ishq-muhabbatni ulug'lagani yorqin ranglarda aks ettirilgan. Har bir doston qahramon va sevimli yor sadoqati, ota-ona va farzandlik burchi, birodarlik va do'stlik, ona yurtga muhabbat masalalaridan bahs etadi va badiiy mukammalligi va jozibadorligi bilan kitobxonni o'ziga jalb eta oladi. Shuningdek, bu dostonlarni o'qish davomida xalqimizning tarixiy etnografik urf-odatlari, safar, ota-bola munosabatlari haqida ma'lumotlarga ham ega bo'lasiz.
Rahmatulla shoir Yusuf o'g'li aytuvchiligida, To'ra Mirzayev va Zubayda Husainova nashrga tayyorlovchiligida 2024-yilda "Oltin qalam" nashriyotida chop etilgan mazkur 432 sahifali kitob milliy adabiyotimiz xazinasidir.
Tovar xususiyatlari:
Kitob nomi: Avazxon ("Go'ro'g'li" dostonlari turkumidan)
Janr: Xalq og'zaki ijodi, doston
Aytuvchi baxshi: Rahmatulla shoir Yusuf o'g'li
Nashrga tayyorlovchilar: To'ra Mirzayev, Zubayda Husainova
Nashriyot: "Oltin qalam" nashriyoti
Nashr yili: 2024
Sahifalar soni: 432 bet
ISBN: 978-9910-726-28-6
UDK / KBK: UDK: 439.870.011, KBK: 89.129 E-809
Til: O'zbek tili
Yosh cheklovi: 12+ (Maktab o'quvchilari va keng kitobxonlar ommasi uchun)
Ishlab chiqaruvchi mamlakat: O'zbekiston


