Attools 53 qismli torsevoy kalitlar to‘plami — avtomobil ta’miri, uy sharoitidagi montaj ishlari va ustaxona uchun mo‘ljallangan universal asboblar komplekti.
To‘plam yuqori sifatli xrom-vanadiy (CR-V) po‘latdan ishlab chiqarilgan bo‘lib, mustahkamligi va uzoq muddat xizmat qilishi bilan ajralib turadi. 1/4 dyuymli ratchet (treщotka) mexanizmi murvat va gaykalarni tez va oson yechish hamda mahkamlash imkonini beradi.
Komplekt tarkibiga turli o‘lchamdagi torsevoy kallaklar, uzaytirgichlar va qo‘shimcha elementlar kiradi. 4–14 mm o‘lcham oralig‘i ko‘pchilik avtomobil va maishiy texnikalarga mos keladi.
Barcha asboblar mustahkam plastik qutiga joylangan bo‘lib, saqlash va tashish uchun juda qulay.

