«Attestatsiya. Matematika» — matematika fanidan attestatsiya imtihoniga tayyorgarlik ko‘rish uchun mo‘ljallangan test va o‘quv qo‘llanma. To‘plam bilimlarni mustahkamlash, test topshiriqlarini yechish bo‘yicha amaliyot qilish, o‘z tayyorgarlik darajasini tekshirish va imtihon formatiga mos ravishda mashq qilish imkonini beradi.
Qo‘llanmada 2022–2025-yillarda attestatsiya imtihonida tushgan 29 ta 35 ballik test savoli, shuningdek, 2026-yil bahorgi attestatsiya imtihonida tushgan 11 ta 35 ballik test savoli jamlangan. Bu topshiriqlar orqali imtihonda uchrashi mumkin bo‘lgan savol turlari bilan tanishish va kerakli mavzularni maqsadli ravishda takrorlash mumkin.
To‘plamda qo‘shimcha ravishda yechimi ko‘rsatilgan 10 ta 35 ballik test savoli ham mavjud. Jami 50 ta variantberilgan bo‘lib, javoblar topshiriqlar bilan birgalikda keltirilgan. Bu o‘quvchiga testlarni mustaqil bajarish va natijasini darhol tekshirish imkonini beradi.
Qo‘llanma attestatsiyaga mustaqil tayyorgarlik ko‘rish, muntazam mashq qilish va matematik bilimlarni takrorlash uchun qulay. A4 format va yumshoq muqova testlar bilan ishlash, yechimlarni yozish va tayyorgarlik jarayonida foydalanish uchun mos.

