• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2026 yil.
• Tuzuvchi: To‘ychi Junaydullayev
• Sahifalar soni: 224
• Muqova: yumshoq.
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/16 (A4)
Ushbu kitob kimyo fanidan attestatsiya, milliy sertifikat testlari va davlat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan kimyogarlar uchun mo‘ljallangan. Kitobda amaldagi attestatsiya talablari asosida tuzilgan 25 ta variant, har bir variant 35 ta test jamlanmasidan iborat.
Har bir variant attestatsiya formatiga to‘liq mos holda ishlab chiqilgan.
Savollar umumiy va noorganik kimyo, organik kimyo hamda kimyoviy hisoblash
masalalarini qamrab oladi. Topshiriqlar mantiqiy fikrlash, bilimni amaliy qo‘llash va tezkor tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Kitobda barcha variantlar to‘liq javoblari bilan berilgan bo‘lib, bu mustaqil tayyorgarlik jarayonini samarali tashkil etishga yordam beradi.

