«Atom odatlar» — dunyo bo'ylab millionlab nusxada sotilgan va shaxsiy rivojlanish sohasida beshtellerga aylangan asardir. Kitob muallifi Djeyms Klir odat shakllanishining neyrobiologik va psixologik mexanizmlarini sodda tilda tushuntirib beradi. Muallif katta maqsadlar ketidan quvish o'rniga, har kuni 1% ga yaxshilanish tizimini taklif etadi. Asarda yaxshi odatlarni shakllantirishning 4 ta asosiy qonuni — ularni sezilarli, jozibador, oson va yoqimli qilish yo'llari batafsil yoritilgan. Kitob o'z hayotini tartibga solishni, vaqtni to'g me'yorda boshqarishni va barqaror muvaffaqiyatga erishishni istagan har bir kishi uchun amaliy qo'llanmadir.

