Bu roman real voqealardan ta’sirlanib yozilgan... Har bir insonning taqdirida shunday burilish nuqtasi bo‘ladiki, go‘yo eng mushkul damda, birgina qisqa duo bilan, ya’ni kaftlaringda yotgan o‘sha ko‘rinmas sir bilan taqdiring oqimini o‘zgartira olasan. Har tunning o‘z tongi bor, har dardning o‘z intihosi bor. Shuning uchun agar yiqilgan bo‘lsang, qaddingni tik tutib tur, silkinib o‘zingga kel. So‘ngra ko‘zlangan maqsad sari yo‘lingni davom ettir...
Unutma: Alloh hamisha sening yoningda, hamisha sen bilan... Qalbingda Xudo bo‘lsa, demak, bu hayotda hech kimga muhtoj emassan. Boshingga tushgan har bir sinov ortida buyuk hikmat yashiringan, buni hech qachon unutma.
Hazrati Mavlono (Jaloliddin Rumiy) ning quyidagi misralarida naqadar hayratlanarli darajada aniq aytilgan:
Taqdirimizdan nolishimiz kerakmi,
Har qanday ahvolimizga shukr qilaylik".

