"Shuncha yil o'tdi, men esa unga o'z his-tuyg'ularim haqida gapirishga jur'at eta olmadim. Ammo sevgi hech qayerga ketmadi. Yo'qolmadi, o'chmadi, tugamadi. U hali ham yashayapti va mening qalbimda yorqin mash'ala singari yonmoqda."
Mayya Mixaylova to'qqiz yildan buyon javobsiz sevgi bilan Bogdanni sevadi. Bogdan qizlarning sevimlisi, teatr institutining g'aroyib bitiruvchisi. Lekin Bogdan Mayyani hech qachon sevgilisi sifatida ko'rmas edi. Chunki Mayya Bogdanning eng yaqin do'stining singlisi hisoblanadi.
Yigitga yaqinroq bo'lish va uning sevgisiga erishish umidida Mayya aqlbovar qilmas qaror qabul qiladi. Ya'ni, uydan qochib, Bogdanga haqiqiy otasini topishda yordam bermoqchi bo'ladi.
Ularni oldinda uzoq va sarguzashtlarga boy yo'l kutmoqda, hamda qadrli kitobxonlarimiz ham birgalikda ikki yosh bilan asar davomida sayohatga chiqishadi. Shu qatorda, ular hayotning eng muhim savoliga javob topishlari kerak bo'ladi: aslida baxt nimadan iborat?

