76/700 Reflektor Teleskopi — Koinotni o'rganish uchun Ushbu kuchli 76/700 reflektor-oynali teleskop astronomiyaga endi qadam qo'yayotganlar uchun mukammal mos keladi. Qurilma uzoqdagi kometalar, sayyoralar, yulduzlar va Oy sirtidagi kraterlarni osonlik bilan kuzatish imkonini beradi.
Asosiy texnik xususiyatlari:
- Optik tizimi: Nyuton reflektori.
- Apertura (oyna diametri): 76 mm.
- Fokus masofasi: 700 mm.
- Fokus nisbati: 9,2.
- Maksimal foydali kattalashtirish: 350x.
- Shtativ: Balandligi sozlanadigan alyuminiy tripod.
- O'rnatish turi: Azimutal (AZ-1).
"Big Pack" to'plami va aksessuarlar: Xaridor qo'shimcha xarajatlarsiz to'liq jihozlangan to'plamga ega bo'ladi:
- 4 ta standart (31.7mm / 1.25") okulyar: H 20mm, H 12.5mm, SR 6mm va SR 4mm o'lchamlarda. Ular orqali 35x, 56x, 70x, 112x, 117x, 175x, 234x va 350x kattalashtirishga erishish mumkin.
- Barlou linzasi (31.7mm / 1.25"): O'rnatilgan okulyarning kattalashtirish quvvatini ikki baravar oshiradi.
- 1.5x to'g'rilovchi linza: Yerdagi obyektlarni kuzatish uchun tasvirni to'g'ri (to'ntarilmagan) holatda ko'rsatadi.
- Oy filtri: Oy sirtining nozik detallarini va kraterlarini yanada yorqinroq va aniqroq ko'rishga yordam beradi.
- Qidiruvchi (Iskatel) 5x24: Kichik kattalashtirish xususiyati yordamida osmon jismlarini teleskopga nisbatan tezroq topishni ta'minlaydi.
Qo'llanilishi va tavsiyalar: Teleskop Oy va sayyoralarni kuzatish uchun . Boshlovchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan bo'lib, murakkab sozlashlarsiz astronomiyani o'rganishni boshlash uchun qulay. Shuningdek, 31.7mm (1.25") ulanish o'lchami tufayli astrofotografiya adapterlari kabi qo'shimcha aksessuarlar bilan oson kengaytirilishi mumkin.



