Abdulla Qahhor o‘zbek hikoyachiligini zamonaviy jahon hikoyachiligi darajasiga ko‘tardi va o‘zbek realistik hikoyachiligining asoschisi degan nom oldi.
Qo‘lingizdagi kitobdan o‘rin olgan "Asror bobo" hikoyasi hajman kichik bo‘sada, lekin juda keng ma‘noli asar hisoblanadi. Asarda insonlar taqdiri, oila munosabatlari, urush davrining hayoti, urushdan keyingi hayotga umid, kelajakka ishonch haqida so‘z boradi.
Adibning mahorati shundaki, u har bir qahramoniga o‘ziga xos vazifa yuklaydi. Masalan, Asror bobo ismi jismiga mos, sirli, dardini ichiga yutadigan obraz. Uning ayoli mehribon, mushtipar ona, o‘g‘li urushga ketgan onalarning yorqin vakili. Yodgor asarning barcha halqalari shu obraz atrofida jipslashadi umid ramzi.

