“Rus she’riyati quyoshi” deb atalgan Aleksandr Sergeevich Pushkin ham nasrda, ham she’riyatda ko‘p ijod qilgan buyuk shaxsdir. U rus madaniyati tarixiga yangi rus adabiyotining asoschilaridan biri sifatida kirdi. Pushkin o‘zining sayohat yozuvlari, she’rlari, tarixiy romanlari va qissalari bilan nasr janriga asos solgan. Shoir ijodida ertaklar alohida o'rin tutadi. Uning ijodi rus dramaturgiyasi va teatri taraqqiyotida ham muhim rol o‘ynadi.

