Daholar siyosiy maqsadlar uchun yashamaydilar. Shu sababli Pushkin dahosi ham shovinizm kabi illatdan allaqancha yuksaklikda makon topadi. Daholar o‘z azaliy tabiatiga ko‘ra insoniy erk va milliy ozodlikka xizmat qiladilar. Pushkinning ham armoni, ideali ozodlik edi. U erkinlik va ozodlik kuychisidir.
Pushkinning she’riyati har jihatdan — shaklan, ruhan va ma’nan Sharq she’riyatiga yaqin. Uning ayrim to‘rtliklari teranligi, ma’nosining chuqurligi va falsafiyligi bilan bizning ruboiylarni eslatib turadi. Uning she’riyati Sharq ruhi bilan chuqur sug‘orilgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
ISBN: 978-9943-25-739-9
Qog‘oz formati: A5
Muqovasi: qattiq
Betlar soni: 438
Chop etilgan yili: 2019
Nashriyot: O‘zbekiston
Yozuv: Kirillcha
Til: O‘zbekcha
Muallif: Aleksandr Pushkin

