📘 Kitob nomi: ASO
✍️ Muallifi: Fotih Duman
📚 Janr: Avtobiografik roman
📕 Muqovasi: Yumshoq
📄 Hajmi: 352 bet
«ASO / Inson unutilganda o'ladi» — kitobi bizning yurtimizda, Buxoro hududida tug'ilgan, keyinchalik Madina va Bursa shaharlariida umr kechirgan Amir Sulton haqida yozilgan.
Kitobda Amir Sulton hayoti, safarlari va faoliyati bayon etilgan. Asarning o'ziga xos jihati shundaki: voqealar Amir Sultonning o'zi tomonidan emas, balki uning doimiy yo'ldoshi bo'lgan Aso nomidan hikoya qilinadi.
Kitobda Buxorodagi yoshlik davri, Madinadagi manzillari va Bursadagi oxirgi hayot yo'li, shuningdek, islomiy ilmga bo'lgan munosabati, insonlar bilan muloqotlari va jamiyatda tutgan o'rni batafsil yoritilgan.
Asarda keltirilgan ma'lumotlar tarixiy manbalarga tayanilgan holda, izchillik va davriy ketma-ketlikka rioya qilingan holda taqdim etilgan.
📘 Hayotga boshqacha nigoh bilan qarashni o‘rgatuvchi kuchli va ta’sirli asar.

