"Asmo ul-Husna" — bu oddiy kitob emas, balki musulmonning qalbini Alloh taologa yaqinlashtiradigan ma'naviy qo‘llanmadir.
Alloh taoloning 99 go‘zal ismi Qur'oni Karim va sahih hadislarda zikr qilingan bo‘lib, har bir ism o‘zida cheksiz hikmat, rahmat va qudrat ma'nolarini mujassam etadi. Rasululloh ﷺ:
"Albatta, Allohning to‘qson to‘qqizta ismi bor. Kim ularni o‘rganib, yod olsa va ularga amal qilsa, jannatga kiradi."
(Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati)
Mazkur kitobda:
✔ Allohning 99 go‘zal ismi;
✔ Har bir ismning ma'nosi va sharhi;
✔ Har bir ismga mos go‘zal duolar;
✔ Yosin, Voqea, Mulk va boshqa suralar;
✔ QR-kod orqali suralarni tinglash imkoniyati;
✔ Kundalik zikr va ibodat uchun qulay tartib jamlangan.
Kitob Allohni yanada chuqurroq tanishga, duolarni ongli ravishda qilishga, qalbni zikr bilan obod etishga va ibodatdan ko‘proq huzur olishga yordam beradi.
Bu nashr o‘zingiz uchun ham, ota-onangiz, farzandlaringiz yoki yaqin insonlaringiz uchun ham eng chiroyli va savobli sovg‘alardan biri bo‘la oladi.

