ASMACO AKVARIUM UCHUN SILIKON GERMETIK – yuqori mustahkamlik chegarasiga ega boʻlgan, chuchuk va shoʻr suvli akvariumlarni yigʻish uchun maxsus ishlab chiqilgan, bir komponentli kislotali (atsetatli) silikon germetik. U sirtga oldindan gruntovka (astar) surtishni talab qilmasdan, shisha bilan mustahkam bogʻlanish hosil qiladi. Suv ostida doimiy boʻlganda ham germetik chok oʻz xususiyatlarini yoʻqotmaydi. Toʻliq qotgandan soʻng, germetik akvarium o'simliklari va baliqlari uchun zaharli emas. ASMACO akvarium germetigi tiksotropik xususiyatga ega va chok boʻylab oqib ketmaydi. Uni vertikal birikmalarga ham surtish mumkin.

