AfzalliklariPremium alyumin korpus, tiniq ekran, kuchli protsessor
KamchiliklariYoq
IzohNoutbukdan juda mamnunman. Ishlashi tez, dizayni chiroyli va zamonaviy. Kundalik ishlar, o‘qish, internet va turli dasturlardan foydalanish uchun juda qulay. Ekrani ham yaxshi, klaviaturasi yoqimli, ishlash jarayonida noqulaylik tug‘dirmaydi. Narxiga yarasha juda yaxshi variant deb o‘ylayman. Yetkazib berish ham yaxshi bo‘ldi, mahsulot butun va sifatli holatda keldi. Xarid qilishni tavsiya qilaman!
Sotuvchining javobi
Assalomu alaykum Shohjahon.
Fikringizni bildirganingiz uchun rahmat! 🌟
Yaxshi foydalanishingizni tilaymiz! 💌