Ushbu risolada asaldan foydalanishning qadimiy usullari va zamonaviy tibbiyot innovatsiyalari jamlangan. Unda shamollash, yurak-qon tomir kasalliklari, og'iz bo'shlig'i kasalliklari, kamqonlik, ovqat hazm qilish tizimi, jigar va o't pufagi kasalliklari, asab tizimi, teri, ko'z, o'smalar, nafas olish tizimi va ginekologik kasalliklarni davolashda asal, asal mumi, shohona suti (propolis), ari gulchangi va ari zahari kabi asalarichilik mahsulotlaridan foydalanish yo'llari tasvirlangan. Shuningdek, bemorning ahvoli, yoshi va kasallik turiga qarab qaysi asaldan foydalanish va undan qanday foydalanish kerakligi batafsil bayon etilgan.

