Alloh taologa O‘zining jaloliga munosib hamd-u sanolar va bizga bergan to‘la-to‘kis neʼmatlari uchun shukronalar bo‘lsin.
U zotga behad hamd-u sanolar aytamiz, chunki u hamd-u sanoga loyiq zotdir. Gunohlarimizga tavba qilamiz, chunki U tavbalarni qabul qilguvchi va to‘g‘ri yo‘lga boshlovchidir. Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Uning hech bir sherigi ham yo‘q deb guvohlik beraman.

