Insonning asab sistemasi juda murakkab tuzilishga ega. Asab sistemasini, xususan bosh miyani olimlar hanuzgacha o‘rganib kelishmoqda va bundan keyin ham uni o‘rganish to‘xtamaydi.
Kitob eng ko‘p uchraydigan kasalliklar haqida bo‘lib, unda bosh miyaning qon tomir kasalliklari, epilepsiya va tutqanoq sindromlari, bosh miyaning yallig‘lanish kasalliklari, parkinsonizm, miyaning ichki bosimi, tanadagi turli og‘riqlar, osteoxondroz, disk churrasi, depressiya, nevroz, ipoxondriya, isteriya, migren, psixosomatik buzilishlar, fobiya va qo‘rquv, bolalar va kattalarda uchraydigan aqliy zaifliklar, xotira buzilishlari, bosh aylanishi va chayqalib yurishlarga asosiy urg‘u berilgan.
Ilmiy - ommabop risola.

