• Bo'g'imlarda og'riq
Chiqarilish shakli:
Ichish uchun tabletkalar.
2 ta tabletkadagi tarkib:
Faol moddalari:
Yordamchi moddalari:
Kraxmal, talk, magniy stearat.
Glyukozamin – sinovial suyuqlikdagi proteoglikanlar va gialuron kislotasining sintezini rag‘batlantiradi; bo‘g‘im kapsulasining o‘tkazuvchanligini oshiradi, sinovial membrana va bo‘g‘im tog‘ay hujayralarida fermentativ jarayonlarni tiklaydi. Suyak to‘qimasida kaltsiyning to‘g‘ri yotqizilishini osonlashtiradi.
Xondroitin sulfat – bog‘lamlar, tog‘ay to‘qimalari va sinovial suyuqlik tarkibiy qismi. Gialuron kislotasi, proteoglikanlar va II tip kollagen sintezini rag‘batlantiradi, sinovial suyuqlikning yopishqoqligini ta’minlaydi, tog‘ayni tiklash mexanizmlarini qo‘llab-quvvatlaydi va tog‘ayni parchalaydigan fermentlar (elastaza, gialuronidaza) faoliyatini susaytiradi.
Metilsulfonilmetan (MSM) – organizm uchun oson o‘zlashtiriladigan oltingugurt manbai bo‘lib, biriktiruvchi to‘qimalar tarkibidagi oqsillarning ajralmas qismidir. MSM yallig‘lanish jarayonlari rivojlanishi xavfini kamaytiradi, kollagen oqsillarining sintezini tezlashtiradi va bo‘g‘imlar sog‘lig‘ini saqlab turishda yordam beradi.
Gialuron kislota – bo‘g‘imlar biologik moylash moddasining tarkibiy qismi bo‘lib, tog‘ay to‘qimalarining elastikligiga ta’sir qiladi, ularni yeyilishdan himoya qiladi. Kollagen, suyak, tog‘ay va paylarning mustahkamligi aynan gialuron kislotaga bog‘liq.
ARTRA ELASTIK quyidagi holatlarda tavsiya etiladi:
Voyaga yetganlar va 18 yoshdan katta bolalarga: kuniga 1 marta ovqat vaqtida 2 tabletka. Davolash kursi – 2 oy. Zarurat tug‘ilganda, mutaxassis tavsiyasi bilan kursni takrorlash mumkin.
Allergik reaksiya va yengil hazm qilish buzilishlari bo‘lishi mumkin.
Noqulayliklar sezilganda preparatni qabul qilishni to‘xtating.
Faqat tavsiya etilgan dozada qabul qiling. Qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Asl qadoqda, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlang.
Yaroqlilik muddati: 3 yil.
Ishlab chiqaruvchi:
AQUA medical İlaç, Esentepe Mah, 2953. Sk. 11 Blok D:No54, Sultangazi / Istanbul / Türkiye.

