Artishok ekstrakti foydalari
• Safro haydovchi ta’sirga ega – safro ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi va chiqarilishini osonlashtiradi, ovqat hazm qilish va ichak bo‘shash jarayonini normallashtiradi.
• Gepatoprotektor ta’sir ko‘rsatadi – jigar sog‘lig‘ini saqlashga yordam beradi, jigar hujayralarini erkin radikallar zararlanishidan himoya qiladi, yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
• Moddalar almashinuvini yaxshilaydi, qondagi shakar va xolesterin miqdorini kamaytiradi, ateroskleroz va yog‘li gepatoz rivojlanish xavfini kamaytiradi.
• Organizmdan toksinlar va og‘ir metallarni chiqarishga yordam beradi – “detoks” ta’sir ko‘rsatadi.
• Ichak mikroflorasini normallashtiradi – foydali bakteriyalar o‘sishini rag‘batlantiradi va zararli mikroorganizmlarning rivojlanishini to‘xtatadi, disbakteriozning oldini oladi.
• Yengil diuretik ta’sir ko‘rsatadi, organizmdan ortiqcha suyuqlik chiqishiga yordam beradi.

