Bizning Tekegram kanal https://t.me/ArtifexAgrochem
Uchinchi ozuqa bu fosforga boy ozuqa. Xona gullari uchun eng ko'p kerak bo'ladigan ozuqalardan biri.
Artifex Agrochem NPK 15-68-15 Prime gel.
Bu ozuqa tarkibida fosfor juda ko'p 68%. Azot va kaliy 15%dan.
TARKIBIDAGI MODDALAR:
Azot - 15%
Fosfor - 68%
Kaliy - 15%
Magniy - 1.1%
Temir - 3.4% temir miqdori oshdi.
Bor - 0.19%
Rux - 0.22%
Marganes - 1.82%
Mis - 0.15%
Molibden - 0.1%
Qo'shimchalar:
Fitogarmonlar.
Fulvin kislotasi.
Uglevodlar.
Artifex Agrochem NPK 15-68-15 Prime gel o'simliklarga nima uchun kerak?
Xona va xovli o'simliklarini ildizini o'stirish, rivojlantirish uchun kerak.
Xona gullarini boshqa tuvakga olgandan keyin, yangi joyga ildiz tez ko'nikishi uchun, yangi joyda ildiz tez o'sishi uchun kerak.
Xovliga gullar, o'simliklar ekgandan keyin shu ozuqani ishlatsa, o'simlik ildizi yangi joyga tez ko'nikadi va o'sishni boshlaydi.
Xona gullarini ko'paytirish paytida tez ildiz rivojlantirish uchun bu ozuqa juda zo'r.
Va bu ozuqa xona va xovli o'simliklarini tez g'unchalatib, chaman gullatishga zo'r. O'simliklarni ildizini o'stirish va rivojlantirish uchun eng kerakli modda bu fosfor.
O'simliklarni g'unchalatish va gullatish uchun eng kerakli modda bu xam fosfor. O'simliklarga fosfor etishmasa gullamaydi.
Artifex Agrochem NPK 15-68-15 Prime gelni o'simliklarni qaysi davrida, qaysi payt ishlatish kerak?
Bu ozuqani o'simlik ildizi sust rivojlangan bo'lsa albatta ishlatish kerak. Xona gullarini ildizi qanchalik rivojlangan bo'lsa shunchalik zo'r o'sadi, zo'r gullaydi va ko'p detka beradi.
Bu ozuqani xona gullarni ko'paytirish davrida ko'proq ishlatish kerak, ildizni tez rivojlantiradi.
Xona gullarini boshqa tuvakga ekganda ishlatish kerak. Xovliga daraxt, gullar, o'simliklar ekganda ishlatish kerak. Ildiz yangi joyga tez ko'nikadi va stress kamroq bo'ladi.
Bu ozuqani xovli va xona gullari g'unchalash paytida yoki g'unchalashdan oldin ishlatish kerak. G'unchalalar tezroq paydo bo'lib va tezroq ochiladi.
Oddiy qilib tushuntirsa bu ozuqa ildiz uchun va gullatish uchun.
Bu ozuqani qishda ko'p ishlatish mumkin emas. Azot ozgincha ko'proq.
Artifex Agrochem NPK 15-68-15 Prime gelni tayyorlash va ishlatish.
Tayyorlash:
1 litr suvga - 1 gramm ozuqani solib yaxshilab aralashtirish kerak, erib ketgunicha.
BO'LDI ISHLATISHGA TAYYOR.
1 gramm ozuqa bu bir choy qoshiqni uchidi.
O'zi bu ozuqani 1 litr suvga 1-2 gramm ishlatsa bo'ladi.
Ishlatish:
Tayyor ozuqani xam barg, xam ildiz orqali ishlatsa bo'ladi.
Bizni maslahat barglariga xam sepib chiqing, tuprog'iga quyib ildiz orqali xam bering. Shunda natija zo'r bo'ladi.
Ozuqalarni xar 10-15 kunda bir ishlatsa bo'ladi.

