ARTEL ART-0760 Prima Lux inox piramida вытяжка — zamonaviy oshxonalar uchun kuchli va ishonchli yechim. 800 m³/soat unumdorlikka ega bo‘lib, oshxonadagi hid, bug‘ va tutunni tezda chiqarib yuboradi. Metall korpus va inox dizayn interyerga zamonaviy ko‘rinish beradi.
Qurilma 3 xil tezlik rejimiga ega bo‘lib, mexanik tugmalar orqali qulay boshqariladi. Ikki dona alyuminiy Baffle filtr yog‘ va kirlarni samarali ushlab qoladi. LED yoritgichi esa ovqat tayyorlash vaqtida qo‘shimcha qulaylik yaratadi.
ARTEL вытяжка kam shovqinli ishlashi, energiya tejamkorligi va mustahkam konstruktsiyasi bilan ajralib turadi. Katta oshxonalar uchun ham mos keladi.

