Artel ART-0760 Prima Lux jigarrang oshxona вытяжкаси zamonaviy dizayn, kuchli tortish tizimi va jim ishlashi bilan ajralib turadigan premium model hisoblanadi. Qurilma oshxonadagi tutun, bug‘, yog‘ va yoqimsiz hidlarni tezda bartaraf etib, toza va qulay muhit yaratadi.
800 m³/soat tortish quvvatiga ega model katta va o‘rta hajmdagi oshxonalar uchun ideal tanlovdir. 150 W quvvatli motor yuqori samaradorlik bilan ishlaydi va havoni qisqa vaqt ichida tozalaydi. Past shovqin darajasi esa foydalanish davomida maksimal qulaylikni ta’minlaydi.
Ikki dona alyuminiy BAFFLE filtri yog‘ va zararli zarrachalarni samarali ushlab qoladi. Filtrlar oson yechiladi, yuviladi va uzoq muddat xizmat qiladi. Antiqaytish klapani tashqi havodagi noxush hidlarning qayta kirib kelishini oldini oladi.
2 ta LED chiroq pishirish zonasini yorqin yoritadi va energiya sarfini kamaytiradi. Jigarrang rangdagi zamonaviy korpus har qanday klassik yoki zamonaviy oshxona interyeriga mos tushadi.
Artel ART-0760 Prima Lux — bu ishonchli, kuchli va zamonaviy oshxona вытяжкаси bo‘lib, kundalik foydalanish uchun mukammal tanlovdir.

