"Ar-Rahiqul Maxtum" — "Muhr bosilgan rohiqa" degan ma'noni anglatib, Payg'ambarimiz hayotlarini eng to'liq va haqqoniy tarzda bayon etgan siyrat kitoblaridan biri hisoblanadi. Muallif Safiyurrahmon Muborakfuriy bu asarni Rabitatul olam al-islomiy tomonidan o'tkazilgan xalqaro siyrat musobaqasiga taqdim etgan va birinchi o'rinni qo'lga kiritgan. Kitobda Payg'ambarimizning tug'ilishidan to vafotlarigacha bo'lgan butun hayotlari — Arabiston yarim oroli tarixi, sahobalar, g'azotlar, mo'jizalar va islom dinining yoyilishi haqida batafsil va ishonchli ma'lumotlar berilgan. Har bir islom oilasining uyida bo'lishi shart bo'lgan asar. Munir nashriyoti, №9 seriya.

