Arrahan Peeling Gel — Koreyada ishlab chiqarilgan yumshoq eksfoliatsiya qiluvchi peeling-gel bo‘lib, teridagi o‘lik hujayralar, kir, chang va ortiqcha yog‘ni muloyim tarzda tozalashga yordam beradi. Teri yuzasini silliqlab, uning tabiiy yorqinligini tiklaydi, keyingi parvarish vositalarining yaxshiroq singishiga yordam beradi.
Afzalliklari:
O‘lik hujayralarni muloyim tozalaydi.
Teri teksturasini silliqlaydi.
Oqartirish emas, balki tabiiy yorqinlik beradi.
Teshikchalarni toza saqlashga yordam beradi.
Terni quritmasdan parvarish qiladi.
Oqartiruvchi krem va serumlarning ta’sirini yaxshilashga yordam beradi.
Kimlar uchun mos?
Normal teri
Yog‘li teri
Aralash teri
Quruq teri
Oqartirish va silliq teri istovchilar
Juda sezgir yoki yallig‘langan terida avval kichik joyda sinab ko‘rish tavsiya etiladi.
Qo‘llash usuli:
Yuzni yuvib, to‘liq quriting.
Ko‘z va lab atrofini chetlab, yetarli miqdorda peeling-gel surting.
1–2 daqiqa davomida yumshoq massaj qiling.
Oqartirilgan o‘lik hujayralar mayda bo‘laklar ko‘rinishida ajrala boshlaydi.
Iliq suv bilan yaxshilab yuvib tashlang.
So‘ng toner va namlantiruvchi krem surting.
Qanchalik tez-tez ishlatiladi?
Yog‘li teri: haftasiga 2–3 marta.
Normal va aralash teri: haftasiga 1–2 marta.
Quruq yoki sezgir teri: haftasiga 1 marta.
Natijasi:
Birinchi qo‘llashdayoq teri yanada mayin va silliq seziladi.
2–4 haftalik muntazam foydalanishda teri yanada tiniq, yorqin va tekis ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin.
Nojo‘ya ta’siri:
To‘g‘ri qo‘llanganda odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Juda sezgir terida vaqtinchalik qizarish yoki yengil achishish kuzatilishi mumkin. Kuchli achishish yoki allergik reaksiya yuzaga kelsa, foydalanishni to‘xtating.
made in KOREA
180 ml


