ARNICA Pika ET14410 — Turkiyada yig‘ilgan changyutgich bo‘lib, yuqori quvvat va maksimal jimlikni birlashtiradi. 71 dB past shovqin darajasi tufayli tozalash jarayoni yoqimli va bezovta qilmaydi.
450 aэrovat so‘rish kuchi va maxsus gофrirlangan gilam cho‘tkasi changni eng chuqur qatlamlarigacha tozalaydi. Cyclone MAX Technology tizimi 0,3 mikrongacha bo‘lgan mayda chang zarralarini ushlab, uyingizdagi havoni yanada toza qiladi.
750 Vt energiya sarfi elektrni tejagan holda yuqori samaradorlik beradi. 3 litrli katta konteyner, 4,6 kg yengil vazn va 8 metr ish radiusi uni ham kvartira, ham katta uylar uchun qulay qiladi.
Komplektdagi 3 ta qo‘shimcha nasadka mebel, parda va yetib borish qiyin bo‘lgan joylarni oson tozalash imkonini beradi. Chang qoplari kerak emas — faqat konteyner va filtrni tozalash kifoya.

