A.Vamberining «Buxoro va Movarounnahr tarixi» asari Buxoro xonligining eng qadim davrlaridan to XIX asrning ikkinchi yarmi, ya’ni O‘rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinish davrini o‘z ichiga oladi. Asar bir qator muarrixlar: Narshaxiy, Juvayniy, Ali Yazdiy, Ibn Arabshoh, Mirxond, Ibn Ro‘zbexon, Sharif Sayyid Roqim va boshqalar qalamiga mansub tarixiy manbalar va bir qator g‘arb sharqshunoslari qalamiga mansub asarlarga suyanib yozilgani bilan e’tiborga molik. Ushbu asar vatanimiz tarixi bilan qiziquvchi mutaxassis va o‘quvchilarga mo‘ljallangan.

