Ushbu to‘plamga mashhur rus adibi Arkadiy Averchenkoning eng sara hikoyalari jamlangan. Averchenko o‘zining o‘tkir satirasi va hayot voqeligini benazir tarzda tasvirlashi bilan tanilgan.
Turli ijtimoiy qatlamlarga mansub qahramonlar tasvirlangan bu hikoyalar nafaqat kulishga, balki o‘ylanishga ham undaydi. Averchenko yumor orqali jamiyatdagi jiddiy muammolarni, odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni va inson tabiatidagi ziddiyatlarni yoritib beradi.

