Kitob haqida
Ushbu kitob sizni tarixdagi eng chuqur va ta’sirli olimlar va faylasuflardan biri, keyingi barcha falsafiy an’analarning "otasi" Aristotel g‘oyalari bilan tanishtiradi. Mashhur fan targ‘ibotchisi Mortimer Adler ushbu kitob sahifalarida bizga yana bir bor haqiqiy falsafa haqiqiy dunyoda juda foydali bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib beradi. Kitob shunchalik sodda yozilganki, uni har kim tushuna oladi - shunchaki tushunibgina qolmay, balki o‘qishdan katta zavq oladi. Bu yerda siz uzoq mulohazalarni uchratmaysiz: barcha boblar bir-biri bilan bog‘langan bo‘lib, birgalikda Aristotel g‘oyalari va umuman falsafani tushunishga imkon beradi.
Bu kitob falsafaga qiziquvchi va buyuk mutafakkir g‘oyalari bilan tanishishni istagan har bir kishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tushunarli va qiziqarli shaklda taqdim etilgan.

