• Timus bezi funksiyasi buzilishi
• Immunitet tanqisligi holatlarida
• Yurak-qon tomir sistemasi faoliyatiga ko’maklashadi
• Jigar faoliyatini yaxshilaydi
• Jismoniy va aqliy rivojlanishdagi kechikishlar
• Yuqori jismoniy yuklamalar (ayniqsa 30 yoshdan keyin jadal mashq qiladigan sportchilar uchun)
• Shakarsiz, spirtsiz

Xususiyatlari
ARGISAN antigipoksik, sitoprotektor, antioksidant, dezintoksikasion, membranani barqarorlovchi ta’sir ko’rsatadi. Ammiakni zararsizlantirish va uning organizmdan chiqarilishini rag'batlantirish jarayonida muhim rol o'ynaydi, jigarning dezintoksikasion faoliyatini kuchaytiradi. Gepatoprotektor ta'sirga ega, gepatotsitlarda energiya ta'minoti jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Azot oksidi donator sifatida L-arginin organizmni energiya bilan ta'minlash jarayonlarida qatnashadi, qon tomirlar endoteliysiga leykotsitlar va trombotsitlar adgeziyasi va faollashuvini kamaytiradi, aterosklerotik blyashkalarning hosil bo'lishi va rivojlanishini oldini oladi, fibrinogenoliz va spermatogenez jarayonlariga kirishadi.
C vitamini - bu suvda eruvchan vitamin va antioksidant bo'lib, immunitet tizimining mudofaasini kuchaytiradi, kollagen sintezida ishtirok etadi, qizil qon hujayralari, suyaklar va to'qimalarni hosil qiladi, milk va qon tomirlarini mustahkamlaydi.
Rux - inson organizmida hayotiy funktsiyalari bo'lgan 300 xil fermentda mavjud bo'lgan muhim microelement: immunitet tizimining shakllanishi va ishlashida muhim rol o'ynaydi; rux bolaning o'sishi va rivojlanishini yaxshilaydi, terining sog'lom ko'rinishini saqlaydi; hid va ta'mni qabul qilishni kuchaytiradi. Rux gonadotropinlar sekretsiyasida ishtirok etadi, shuning uchun u reproduktiv tizimning rivojlanishida muhim rol o'ynaydi.
B6 vitamini - metabolizmda ishtirok etadi, markaziy va periferik asab tizimlarining normal ishlashi uchun zarurdir, shuningdek, asab tizimidagi metabolizmni boshqarishda ishtirok etadi.
Foliy kislotasi - qon aylanishi va immun tizimining o'sishi va rivojlanishi uchun juda muhimdir. Foliy kislotasi yangi hujayralarni yaratish va saqlash uchun juda muhimdir, shuning uchun uning mavjudligi organizmning jadal rivojlanishi davrida – ona qornidagi avallgi bosqichida va erta bolalikda juda muhimdir.
B12 vitamini - asab, qon tizimning normal ishlashiga va oshqozon-ichak traktining ishlashiga yordam beradi. Miyaning normal hissiy va kognitiv funktsiyasi B12 vitaminining optimal darajadagi miqdoriga bog'liq.



