• To'liq gidrolizlangan sut zardob oqsili asosidagi bolalar quruq aralashmasi
• Glyutensiz
• Halol sertifikat bor
Alfare Gastro.
“Alfare® Gastro ona suti oligosaxaridlari” parhezli davolovchi ovqatlanishning ixtisoslashgan oziq-ovqat mahsuloti – toʻliq gidrolizlangan sut zardobi oqsillari asosidagi quruq aralashma, sigir suti oqsillariga allergiyasi boʻlgan, oziq-ovqat qabul qila olmaydigan, diareya va oshqozon-ichak traktining boshqa kasalliklari boʻlgan bolalar uchun.
Goʻdak uchun ona suti eng maqbul ozuqa hisoblanadi. Bolalar aralashmasidan foydalanib, sun’iy ovqatlantirish haqida qarorga kelishdan oldin maslahat olish uchun shifokorga murojaat qiling.
Faqat shifokor nazorati ostida foydalaning.
Sigir suti oqsillariga allergiyasi boʻlgan, oziq-ovqat qabul qila olmaydigan, diareya va oshqozon-ichak traktining funksiyasi buzilgan boshqa holatlarda parhez terapiyasi uchun. Ta’rifning kengaytirilgan tavsifi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: sigir suti oqsillariga allergiyada, atopik dermatit, ekzemada; surunkali diareya yoki ovqatlanish yetishmovchiligi boʻlgan bolalarni oziqlantirishda; boshqa patologik holatlarda: ogʻir ovqatlanish yetishmovchiligi va oziqlanish yetishmovchiligi boʻlgan bolalarni jarrohlikdan oldin tayyorlashda. Kistik fibroz, oqsil-energiya etishmovchiligi, mekonyum ileus bilan og'rigan bolalarni ozuqaviy qo'llab-quvvatlash. Tarkibi boʻyicha toʻliq quruq aralashma. Tugʻilgandan boshlab bolalar uchun yagona ozuqa manbai va 6 oydan boshlab bolalar uchun qoʻshimcha ozuqa manbai sifatida foydalanish mumkin.
Qarshi koʻrsatmalar: galaktozemiya, glyukoza–galaktoz malabsorsiyasi, tarkibiy qismlarni individual qabul qila olmaslik.
TARKIBI: maltodekstin, gidrolizlangan sut zardobi oqsili, oʻrta zanjirli triglitseridlar, kartoshka kraxmali, eruk kislotasini kam saqlovchi raps yogʻi, kungaboqar yogʻi, yuqori oleinli kungaboqar yogʻi, kokos yogʻi, kalsiy glitserofosfati, emulgator glitserin va limon va yogʻ kislotalari efirlari, kalsiy gidroksidi, 2’-fukozillaktoza (2’FL) oligosaxaridi, kaliy gidroksidi, kaliy digidrofosfati, kislotalilikni me’yorlashtiruvchi (limon kislotasi), magniy xloridi, lakto–N–neotetraoza (LnNT) oligosaxaridi, natriy xloridi, araxidon kislotasini (ARA) yuqori miqdorda saqlovchi Mortierella alpina yogʻi, glyutensiz maltodekstrin, dokozageksayen kislotasini (DHA) yuqori tarkibda saqlovchi Schizochytrium sp. yogʻi, kalsiy xloridi, С vitamini (L–natriy askorbati), bitartrat xolini, inozitol, taurin, temir (II) sulfati, rux sulfati, Е vitamini (DL–alfа–tokoferol atsetati), kaliy xloridi, L-karnitin, sitidin 5’ - monofosfat, uridin 5’ - monofosfat natriy tuzi, РР vitamini (nikotinamid), antioksidantlar (askorbil palmitati, tokoferol aralashmasi konsentrati), В5 vitamini (kalsiy D–pantotenati), adenozin 5’ – monofosfat, guanozin 5’ - monofosfat natriy tuzi, mis sulfati, В2 vitamini (riboflavin), А vitamini (retinol atsetati), В1 vitamini (tiamin mononitrati), В6 vitamini (piridoksin gidroxloridi), marganets sulfati, kaliy yodidi, В9 vitamini (foliy kislotasi), К1 vitamini (fitomenadion), D–biotini, natriy selenati, D3 vitamini (xolekalsiferol), В12 vitamini (sianokobalamin). Himoyalangan muhitda qadoqlangan.
Ogohlantirish: Aralashmani bevosita har bir ovqatlantirishdan oldin tayyorlash lozim. Yoʻriqnomaga aniq amal qiling. Ovqatlantirib boʻlgandan soʻng qolgan suyultirilgan aralashmani saqlash va takroran ishlatish mumkin emas. Bolani ovqatlantirishda har doim ushlab turing. Bolani e’tiborsiz qoldirish xavfli – bola boʻgʻilib qolishi mumkin.
Tayyorlanish usuli: 1. Aralashmani tayyorlashni boshlashdan oldin qoʻlingizni yuving. 2. Sut izlari qolmaguncha butilka idishini, soʻrgʻich, qopqoq va boshqa oziqlantirish moslamalarini yaxshilab yuvib tashlang. 3. Ularni 5 daqiqa davomida qaynatib oling, ishlatishdan oldin ustini yopib qoʻying. 4. Ichimlik suvini 5 daqiqa qaynatib oling va keyin 37℃ dan yuqori boʻlmagan haroratda sovutib oling. 5. Oziqlantirish jadvali asosida idishga aniq miqdorda suv quying. 6. Bolaning yoshiga qarab oʻlchov qoshigʻida kukunning aniq miqdorini qoʻshing. 7. Kukun butunlay eriguncha butilkani silkiting. 8. Aralashmani tayyorlaganingizdan soʻng, quruq aralashmani mahkam qilib yoping va yorliqdagi koʻrsatmalarga muvofiq saqlang.
Ogohlantirish: qaynatilmagan suv va qaynatilmagan idishlardan foydalanish, shuningdek, notoʻgʻri saqlash, pishirish va ovqatlantirish bolaning sogʻligʻiga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin.
100 g mahsulotning ozuqaviy qiymat: Energetik qiymati – 2091 kJ/500 kkal; Yogʻlar–25,1 g, shu jumladan: toʻyingan yogʻli kislotalar–11,6 g; monotoʻyintirilmagan yogʻli kislotalar–7,2 g; politoʻyintirilmagan yogʻli kislotalar–4,4 g; Uglevodlar–53,9 g, shu jumladan: shakarlar–2,2 g; latoza–≤0,05 g, Ozuqaviy tolalar–1,1 g; 2’–fukozillaktoza–0,74 g; lakto–N–neotetraoza–0,37 g; oqsil ekv–14 g; Mineral moddalar: Natriy–245 mg; Kalsiy–510 mg; Kaliy–617 mg; Xloridlar–430 mg; Fosfor–345 mg; Magniy–60 mg; Temir–5 mg; Mis–0,5 mg; Rux–5,3 mg; Yod–100 mkg; Marganets–67,5 mkg; Selen–18 mkg; Vitaminlar: A–500 mkg ekv; D–8 mkg; E–10,4 mg; K1–50 mkg; C–80 mg; B1–0,44 mg; B2–0,78 mg; Niatsin–5,5 mg; B6–0,52 mg; Foliy kislotasi–74 mkg; Pantoten kislotasi–3,5 mg; B12–2,2 mkg; Biotin–15 mkg; Boshqa ozuqaviy moddalar: Dokozageksayen kislotasi–86 mg; Linol kislotasi–3510 mg; Araxidon kislotasi–86 mg; α–linolen kislotasi–445 mg; Oʻrta zanjirli triglitseridlar–9,9 g; Taurin–40,7 mg; L–karnitin–8,5 mg; Xolin–58 mg; Inozitol–55 mg; Nukleotidlar–15 mg, Kalsiyni fosforga nisbati–1,48. *2’FL va LnNT oligosaxaridlari koʻkrak suti oligosaxaridlari bilan tizimli ravishda bir xil.
Saqlash shartlari: Mahsulotni ochishdan oldin va ochilganidan soʻng 25°Cdan yuqori boʻlmagan haroratda va havoning 75 % dan oshmagan nisbiy namligida saqlansin. Ochilgan banka 3 hafta davomida saqlansin, sovutgichda saqlash tavsiya etilmaydi. Bolalar yeta olmaydigan joyda saqlang.

