• SOF OGʻIRLIGI: 400 g.
• Glutensiz
• Laktoza o'z ichiga oladi
Goʻdak uchun ona suti eng maqbul ozuqa hisoblanadi. Bolalar aralashmasidan foydalanib, sun’iy ovqatlantirish haqida qarorga kelishdan oldin maslahat olish uchun shifokorga murojaat qiling.
Faqat shifokor nazorati ostida foydalaning.
Muhim eslatma: Tug‘ilgandan boshlab bolalarda sigir suti oqsiliga allergiyaning yengil va o‘rtacha alomatlarida parhez terapiyasi uchun (teridagi toshmalar, atopiya, nafas olish belgilari). Tarkibi boʻyicha toʻliq quruq aralashma. Tugʻilgandan boshlab bolalar uchun yagona ozuqa manbai va 6 oydan boshlab bolalar uchun qoʻshimcha ozuqa manbai sifatida foydalanish mumkin.
Qarshi koʻrsatmalar: galaktozemiya, glyukoza–galaktoz malabsorsiyasi, tarkibiy qismlarni individual qabul qila olmaslik, shu jumladan, laktozani ham qabul qila olmaslik.
TARKIBI: laktoza, maltodekstrin, yuqori oleinli kungaboqar yogʻi, gidrolizlangan sut zardobi oqsili, eruk kislotasini kam saqlovchi raps yogʻi, kokos yogʻi, kungaboqar yogʻi, emulgator glitserin va limon va yogʻ kislotalari efirlari, kalsiy glitserofosfati, 2’-fukozillaktoza (2’FL) oligosaxaridi, kalsiy gidroksidi, kislotalilikni me’yorlashturuvchi (limon kislotasi), kaliy gidroksidi, kaliy digidrofosfati, kalsiy xloridi, lakto–N–neotetraoza (LnNT) oligosaxaridi, magniy xloridi, natriy digidrofosfat digidrati, araxidon kislotasini (ARA) yuqori miqdorda saqlovchi Mortierella alpina yogʻi, glyutensiz maltodekstrin, dokozageksayen kislotasini (DHA) yuqori tarkibda saqlovchi Schizochytrium sp. yogʻi, С vitamini (L–natriy askorbati), kaliy sitrati, natriy xloridi, bitartrat xolini, inozitol (mio-inozitol), taurin, L-gistidin, kaliy xloridi, temir (II) sulfati, rux sulfati, Е vitamini (DL–alfа–tokoferol atsetati), L-karnitin, L-arginin, antioksidantlar (askorbilpalmitat, tokoferol aralashmasi konsentrati), nikotinamid, В5 vitamini (kalsiy D–pantotenat), В2 vitamini (riboflavin), mis sulfati, А vitamini (retinol atsetati), В1 vitamini (tiamin mononitrati), В6 vitamini (piridoksin gidroxloridi), marganets sulfati, kaliy yodidi, В9 vitamini (foliy kislotasi), К1 vitamini (fitomenadion), D–biotini, natriy selenati, D3 vitamini (xolekalsiferol), В12 vitamini (sianokobalamin). Himoyalangan muhitda qadoqlangan.
Ogohlantirish: Aralashmani bevosita har bir ovqatlantirishdan oldin tayyorlash lozim. Yoʻriqnomaga aniq amal qiling. Ovqatlantirib boʻlgandan soʻng qolgan suyultirilgan aralashmani saqlash va takroran ishlatish mumkin emas. Bolani ovqatlantirishda har doim ushlab turing. Bolani e’tiborsiz qoldirish xavfli – bola boʻgʻilib qolishi mumkin.
TAYYORLANISH USULI: 1. Aralashmani tayyorlashni boshlashdan oldin qoʻlingizni yuving. 2. Sut izlari qolmaguncha butilka idishini, soʻrgʻich, qopqoq va boshqa oziqlantirish moslamalarini yaxshilab yuvib tashlang. 3. Ularni 5 daqiqa davomida qaynatib oling, ishlatishdan oldin ustini yopib qoʻying. 4. Ichimlik suvini 5 daqiqa qaynatib oling va keyin 37℃ dan yuqori boʻlmagan haroratda sovutib oling. 5. Oziqlantirish jadvali asosida idishga aniq miqdorda suv quying. 6. Bolaning yoshiga qarab oʻlchov qoshigʻida kukunning aniq miqdorini qoʻshing. 7. Kukun butunlay eriguncha butilkani silkiting. 8. Aralashmani tayyorlaganingizdan soʻng, quruq aralashmani mahkam qilib yoping va yorliqdagi koʻrsatmalarga muvofiq saqlang.
Ogohlantirish: qaynatilmagan suv va qaynatilmagan idishlardan foydalanish, shuningdek, notoʻgʻri saqlash, pishirish va ovqatlantirish bolaning sogʻligʻiga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin.
100 g mahsulotning ozuqaviy qiymat: Energetik qiymati - 2108 kJ/504 kkal; Yogʻlar–26 g, shu jumladan: toʻyingan yogʻli kislotalar–5,8 g; monotoʻyintirilmagan yogʻli kislotalar–14 g; politoʻyintirilmagan yogʻli kislotalar–4,6 g; Uglevodlar–55,7 g, shu jumladan: shakar–29 g; laktoza–27,7 g, Ozuqaviy tolalar–1,1 g; 2’–fukozillaktoza–0,76 g; lakto–N–neotetraoza–0,38 g; oqsil ekvivalenti–11,2 g; Mineral moddalar: Natriy–200 mg; Kalsiy–530 mg; Kaliy–617 mg; Xloridlar–420 mg; Fosfor–350 mg; Magniy–45 mg; Temir–5,20 mg; Rux-5,20 mg; Mis–0,50 mg; Yod–110 mkg; Marganets–70 mkg; Selen–12 mkg; Vitaminlar: A–510 mkg-ekv; D–9,5 mkg; E–10,6 mg; K1–50 mkg; C–100 mg; B1–0,45 mg; B2–0,78 mg; Niatsin–5,5 mg; B6–0,52 mg; Foliy kislotasi–75,7 mkg; Pantoten kislotasi–3,50 mg; B12–2,20 mkg; Biotin–14,5 mkg; Boshqa ozuqaviy moddalar: Dokozageksayen kislotasi (DHA)–86 mg; Linol kislotasi–3800 mg; Araxidon kislotasi (ARA)–86 mg; α–linolen kislotasi–380 mg; Taurin–41,6 mg; L–karnitin–9,0 mg; Xolin–58 mg; Inozitol–50 mg; Kalsiyni fosforga nisbati–1,51; Osmolyarlik – 305 mOsm/kg.
*2’FL va LnNT oligosaxaridlari ona suti oligosaxaridlari bilan tizimli ravishda bir xil.
Yaroqlilik muddati (EXP), ishlab chiqarilgan sana (MAN) va partiya raqami banka tubida koʻrsatilgan. (kk.oo.yy)
Saqlash shartlari: Mahsulotni ochishdan oldin va ochilganidan soʻng 25°Cdan yuqori boʻlmagan haroratda va havoning 75 % dan oshmagan nisbiy namligida saqlansin. Ochilgan banka 3 hafta davomida saqlansin, sovutgichda saqlash tavsiya etilmaydi. Bolalar yeta olmaydigan joyda saqlang.

